Dekabr oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil dekabr oyida 1054 birlikni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 5,4 foizga oshgan. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 3,3 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2022 yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 5,4 foizga oshib, 1054 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 4,9foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,5foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,7foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 27,6foizga oshgan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2022 yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 7 ta hududda o‘tgan oyga (2022 yil noyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (43,9%), Surxondaryo (35,9%), Andijon (28,8%), Buxoro (19,9%) viloyatlari va Toshkent shahrida (22,7%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich 2 ta hududda kamaygan. Xususan, Jizzax (-17,9%) va Xorazm (-1,8%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan kamayish kuzatilgan.

 

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2022 yil dekabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 427,4 ming tani tashkil etdi va 2022 yilning noyabr oyiga nisbatan 302,2 ming tranzaksiyaga (4,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 ta hududda oshgan.

2022 yil dekabrda respublikaning 7 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (55,0%), Qashqadaryo (14,3%), Namangan (9,0%) viloyatlari va Toshkent shahrida (4,9%) kuzatilgan.

Shu bilan birga Samarqand (-10,5%), Navoiy (-4,5%), Jizzax (- 1,7%), Xorazm (- 3,9%), Surxondaryo (-3,3%), Toshkent (- 3,0%) va Farg‘ona (-2,1%) viloyatlarida kamayish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2022 yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 1,0675 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,7 foizga oshganligini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 10,6 foizga va bitimlar sonining 2,9 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil dekabr oyida 6 822,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 7,3 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2022 yil dekabr oyida 1,0051 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,5 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham ijobiy o‘zgarib, 12,9 foizga oshgan.

2022 yil dekabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2022 yilning noyabr oyiga (633 051 birlik) nisbatan 3 683 taga ko‘payib, 636 734 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 13 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 520 199 tadan 523 556 tagacha ko‘paygan (o‘sish 3 357 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 109 199 tadan 109 512 tagacha (o‘sish 313 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 666 tani tashkil etib, 2022 yilning dekabr oyiga nisbatan 13 taga ko‘paygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2022 yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,2761 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning noyabr oyiga nisbatan 27,6 foizga oshgan. Joriy yilning dekabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 208 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

 

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1054

1,0493

1,0675

1,0051

1,2761

Sirdaryo viloyati

1439

1,0052

1,9433

0,9984

3,0000

Surxondaryo viloyati

1359

0,9674

2,0000

1,0036

0,0000

Andijon viloyati

1288

1,5502

1,2218

1,0039

1,2000

Toshkent shahri

1227

1,0492

1,5055

1,0166

1,1182

Buxoro viloyati

1199

1,0074

1,1102

1,0128

6,0000

Navoiy viloyati

1163

0,9546

1,3863

1,0092

1,7500

Toshkent viloyati

1161

0,9702

1,3517

1,0054

2,0000

Namangan viloyati

1114

1,0902

1,1263

1,0092

2,0000

Qashqadaryo viloyati

1073

1,1429

1,0931

1,0052

0,5000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1063

1,0099

1,2075

0,9972

0,2500

Samarqand viloyati

1049

0,8952

1,1992

1,0075

1,1429

Farg‘ona viloyati

1039

0,9791

1,0187

1,0174

2,1667

Xorazm viloyati

982

0,9605

0,9147

0,9983

2,0000

Jizzax viloyati

821

0,9580

0,6460

1,0051

0,2000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

 

 

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1033

1,0939

0,9604

1,1295

0,5794

Andijon viloyati

1834

2,4230

1,8330

1,1056

0,3158

Toshkent shahri

1500

2,3896

0,9239

1,2663

0,5302

Toshkent viloyati

1397

0,9498

2,0000

1,0851

0,8571

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1346

0,8027

2,0000

1,1351

0,5000

Qashqadaryo viloyati

1190

1,4560

1,0459

1,1561

0,2500

Farg‘ona viloyati

1185

1,0988

1,3027

1,1644

0,7647

Xorazm viloyati

1176

1,1107

1,1793

1,1612

2,0000

Namangan viloyati

1167

1,1743

1,2063

1,1051

1,0000

Samarqand viloyati

1150

1,1544

1,1719

1,1513

0,8000

Navoiy viloyati

1144

1,1188

1,0826

1,1313

2,3333

Jizzax viloyati

1105

1,1874

1,1176

1,0961

0,0556

Sirdaryo viloyati

1084

1,0188

1,0470

1,1316

2,0000

Buxoro viloyati

1062

1,0697

1,0805

1,0964

0,4615

Surxondaryo viloyati

912

1,0110

0,8096

1,0647

0,0000

Ruslan Abdullayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi